Manba: Grilish "Manchester Siti" bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021, 21:34
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga o'tdi.

Bu haqda jurnalist-insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, bugun futbolchi "shaharliklar" bilan 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi. Tez orada rasmiy xabar beriladi. 

Kelishuv summasi 100 million funt bo'lib, bu APL rekordi sanaladi.

Aytishlaricha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Grilish bilan shaxsan suhbatlashishga ham ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano