Manba: Benzema UEFA tomonidan eng yaxshi futbolchi deb topildi

Оқил Абдубарноев
24 avg 2022, 19:58
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) texnik kuzatuvchilari “Real” hujumchisi Karim Benzemani 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.

Eng yaxshi futbolchi e'lon qilinadigan tantanali marosim 25 avgust, payshanba kuni bo'lib o'tadi.

Kuchli uchlikka 34 yoshli francuzdan tashqari “Real” darvozaboni Tibo Kurtua va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ham kiritildi.

"Real Madrid" o'tgan mavsumda Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Benzema turnirda 12 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirib, to'purarga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: As