Manba: "Arsenal" Nelson bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
Yarim himoyachida A Seriya, Liga 1 va APLdan takliflar bor edi.

Ris Nelson "Arsenal"da o'ynashda davom etadi.

Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 23 yoshli yarim himoyachi londonliklar bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan yangi 4 yillik shartnoma imzoladi.

30 iyun kuni angliyalik futbolchi erkin agentga aylandi, biroq A Seriya, Liga 1 va APLdan tushgan takliflarni rad etdi.

Nelson o'tgan mavsum 18 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano