“Man Siti”ning APLdagi 12 o'yinlik g'alabali seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2022, 08:05
Angliya chempionati 23-turida “Manchester Siti” safarda “Sautgempton”ni enga olmadi – 1:1.

Shu tariqa, “shaharliklar”ning chempionatdagi 12 o'yinlik g'alabali seriyasi o'z nihoyasiga etdi. Jamoa oxirgi marta o'tgan yil oktyabrida “Kristal Pelas”ga (0:2) mag'lub bo'lgan.

Pep Gvardiola shogirdlari keyingi turni 9 fevralda “Brentford”ga qarshi o'tkazadi. Jamoa turnir jadvalida 57 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru