

Klubning asosiy transfer maqsadi esa “Borussiya D” forvardi Erling Xoland va “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilish ekanligi aytilmoqda. Jamoa ustozi Pep Gvardiola tarkibni yoshartirishni istamoqda, boisi, Kevin de Bryuyne, Riyod Mahrez va Ilkay Gyundogan keyingi mavsum 30+ yoshda bo'ladi.
Daily Mail manbasiga ko'ra, “Siti” Xoland va Grilishning xaridiga 200 mln funt sarflamoqchi.
Gvardiola Xolandni yozda klubdan ketadigan Serxio Agueroga ideal o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Erlingning otasi Alf-Inge Xoland “shaharliklar” sharafini 3 mavsum davomida himoya qilgan.



