"Man Siti" va "Barselona" katta almashinuvni muhokama qilmoqda

Alisher
8 noya 2021, 15:17
"Manchester Siti" va "Barselona" katta almashinuvni amalga oshirishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" "shaharliklar" vingeri Rahim Sterlingning transferiga jiddiy tarzda qiziqishmoqda, ammo moliyaviy muammo sabab uning xaridini amalga oshira olishmaydi.

Shu sabab ingliz klubi "Barsa" futbolchilaridan biri bilan almashinuvni ko'rib chiqishga tayyor. "Siti" Frenki de Yongga qiziqmoqda. Agar kataloniyaliklar almashinuvga rozi bo'lishsa, unda klub 20 mln evro qo'shimcha to'lashiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" ustozi Xavi ham Sterlingga shaxsan qiziqish bildirgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal