"Man Siti" qatorasiga 8-o'yinda ham "Arsenal"ni mag'lub qildi

22 fev 2021, 00:10
"Manchester Siti" jamoasi Angliya chempionatining 25-turida "Arsenal"ni mag'lub qildi (1:0).

Bu orqali "shaharliklar" APL doirasidagi ketma-ket 8-o'yinda "to'pchilar"dan ustun keldi. Mazkur bahslarning 6 tasida "Man Siti" o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan, umumiy hisob – 19:2.

Pep Gvardiola shogirdlari "Arsenal"ga qarshi o'yinda so'nggi bor 2017 yilning aprelida ochko yo'qotgan edi (2:2).

O'xshash yangiliklar