“Man Siti” Keyn bo'yicha “Tottenxem”ga rasmiy taklif yubordi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2021, 19:25
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” Xarri Keynning transferi borasida “shporlar”ga taklif bilan chiqdi. “Shaharliklar” Keynni sotib olish uchun 100 mln funt sterlingdan voz kechishga tayyor. Shuningdek, kelishuvga “Siti”ning boshqa futbolchilari ham qo'shilishi mumkin.

27 yoshli futbolchi hozir bor e'tiborini Angliya TJ bilan Evro-2020'ga qaratgan. U kelajagi borasidagi qarorni qita birinchiligidan so'ng qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano