"Man Siti" "Galatasaroy" qiziqayotgan Edersonni sotmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2025, 18:10
"Manchester Siti" Edersonni qo'yib yuborishni istamaydi.

31 yoshli darvozabon transferiga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko'ra, turk klubi allaqachon futbolchi agenti bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgan.

Biroq Sky Sports xabariga ko'ra, "shaharliklar" braziliyalikni jamoada saqlab qolishni xohlaydi. Ular hozircha hech qanday rasmiy taklif olmagan.

Ederson o'tgan mavsum APLda  26 o'yin o'tkazib, 26 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports