

“Onda Cero” radiostanciyasi jurnalisti Edu Pidalning tasdiqlashicha, futbolchining transferi borasida tomonlar kelishuvga erishgan. Ushbu transfer ertaga rasman amalga oshishi kutilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Danilo 35 million evro evaziga “shaharliklar” safiga ko'chib o'tadi. Ushbu futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi ham da'vogarlik qilgandi.



