"Malorka" PSJ posbonini sotib oladi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2022, 23:34
"Pari Sen-Jermen"ning ispaniyalik darvozaboni Serxio Riko "Malorka"ga o'tishga rozilik berdi.

Manbaga ko'ra, ayni paytda ispaniyalik klublarning transfer borasida kelishib olishlarini kutmoqda.

Oldinroq Ispaniya jamoasi futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga olishi mumkinligi aytilgandi.

28 yoshli darvozabonning parijliklar bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

U joriy mavsumda Fransiya chempionatida 1 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca