Maksimilian Fomin "Buxoro"da

Aslanov Jasurbek
8 avg 2020
"Buxoro" jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida bir qator futbolchilarni qo'shib olishni maqsad qilgan.

Toshkentda yig'inni davom ettirayotgan "Buxoro"ning mashg'ulotlariga muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Maksimilian Fomin kelib qo'shildi. Himoyachi kecha "Lokomotiv"ga qarshi kechgan uchrashuvda ham maydonga tushdi. Agarda murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldira olsa klub bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz Fomin bunga qadar "Buxoro", "Dinamo", "Saxam", "Soxar"(Ummon), "Perlis" (Malaziya), "Neftchi", "Andijon", "Bunyodkor-2" jamoalarida to'p tepgan. O'zbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida turli musobaqalarda harakat qilgan. Bunga qadar esa u Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia