
Futbolchi bugun "Frayburg"ga qarshi bahsda maydonga tushdi va bundesligadagi o'zining 235-uchrashuvini o'tkazdi.
Shu tariqa, Xasebe yaponiyalik futbolchilar orasida Germaniya chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazib rekordchiga aylandi.
Ma'lumot uchun, Xasebe Germaniyada "Volfsburg" (135ta o'yin), "Nyurnberg" (14) va "Ayntraxt F" (86) klublarida faoliyat olib borgan.
