Maguayr: "Tushunish qiyin bo'lmoqda"

Mirjalol Normatov
2 noya 2020
"Manchester Yunayted" himoyachisi Garri Maguayr APLning 7-turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Tushunish juda qiyin bo'lyapti. O'zimizdan hafamiz. Gol urish uchun juda kam vaziyat yaratdik.

Gol urish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lish kerak. O'yindan oldin bunga ishonchimiz yuqori edi.

Bu juda kam. Ertaga mashg'ulotlarda bu borada ishlash kerak. Bahonalar o'tmaydi, aybni o'zimizdan qidirishimiz lozim", - dedi Maguayr.

MYU ayni damda APLning 15-pog'onasida ketmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal