Maguayr MYUda sardor bo'lib qoladi

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 17:55
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher himoyachi Xarri Maguayr jamoa sardori bo'lib qolishini ma'lum qildi.

"Ha, Maguayr uchun yoz oson o'tmadi. U boshqalardan ko'ra ko'proq qiynaldi. Biroq unga, ruxiy holatiga ishonamiz. Mashg'ulotlarda unda barchasi joyida ekanligi ko'rindi.

O'tgan voqeliklarni u mardlik bilan qabul qildi, Garrini qo'llab-quvvatlaymiz. U sardorimiz bo'lib qoladi.

Uni eng yaxshi insonlardan biri deb hisoblayman. Kelasi mavsumda ham undan chiroyli o'yin kutib qolamiz", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal