Maguayr MYUda qaysi raqamda ostida o'ynashi ma'lum

Alisher
7 avg 2019, 14:11
"Manchester Yunayted"ning Garri Maguayrning yangi jamoasida nechinchi raqam ostida o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Angliya terma jamoasi himoyachisi "qizil iblislar" safida 5-raqamda harakatlanadi.

26 yoshli ingliz "Qizil iblislar" bilan 6 yillik bitimga imzo chekkan, shartnomaga ko'ra, kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

MYU "Lester"ga 80 million funt sterling to'lab berdi. Maguayr futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd