Madueke: "Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi menga ishonadi"

Sherzod Nurmatov
27 noya 2025
"Arsenal" vingeri Noni Madueke Chempionlar Ligasining 5-turida "Bavariya" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" uchun birinchi golimni urish uchun bundan yaxshiroq o'yinni tanlay olmagan bo'lardim. Jamoa g'alaba qozonganidan juda xursandman. Men o'ziga ishongan o'yinchiman va kimdir biror narsa qila olmasligimni aytganida, bu menga yoqmaydi. Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi menga ishonadi", – dedi Madueke.

"Arsenal" 5 o'yindan 5 tasida g'alaba qozondi va Chempionlar Ligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Bavariya" 12 ochko bilan 4-o'rinda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com