Madriddagi final haqida nimalarni bilish kerak?

31 may 2019, 14:27
1 iyun, yani dam olish shanba kuni YCHL finali o'tkaziladi.

Ketma-ket 10 yildirki YCHL finali dam olish kuni bo'lib o'tmoqda.


Final qayerda o'tadi?

Joriy yil finalga Madrid shahridagi "Atletiko"ning "Metropolitano" o'yingohi mezbonlik qiladi. Mazkur o'yingoh 2017 yilning sentyabr oyida ochilgandi. Bu "Metropolitano"dagi ilk xalqaro finalga aylanadi.

Qayd etish kerakki, oxirgi marotaba Madrid shahri "Santyago Bernabeu" stadionida 2010 yilgi mavsum YCHL finaliga mezbonlik qilgandi.


Final chiptalarini qayerdan sotib olish mumkin?

Finalga chiqarilgan dastlabki 4000 chipta allaqachon UEFA.com sayti orqali butun jahondagi muxlislarga sotib bo'lingan. Finalga chiqqan "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari muxlislariga 17000tadan chiptalar ajratilgan. Qolgan chiptalar esa tashkiliy qo'mitalar, UEFA va milliy assotsiatsiyalarga taqdim etiladi hamda tijoriy hamkorlarga beriladi. Shuningdek, korporativ qabullar uchun maxsus tariflar mo'ljallangan. 


Chempionlar Festivali

Har yilgi o'tadigan UEFA chempionlar festivali 30 maydan 2 iyunga qadar Madrid shahrining markazida davom etadi.

Kirish tekin. Chempionlar festivali doirasida turli xil tadbirlar, finalga bag'ishlangan sahnalar uyushtiriladi. Mazkur festival mehmonlarini UEFA Chempionlar ligasi afsonalari bilan uchrashuvlar, esdalik uchun yulduzlar ishtirokidagi fotosessiya, shou-biznes yulduzlari ishtirokidagi musiqiy lahzalar, va UEFA Chempionlar ligasi sovrini bilan suratga tushish imkoniyati taqdim etiladi.


Xushtak egasi kim?

Ertangi final bahsini sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. 


Final uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan ochilish marosimida kim kuylaydi?

Final uchrashuvining ochilish marosimida "Pepsi" kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan "Imagine Dragons" guruhi "Metropolitano" stadionida chiqish qiladi. "Imagine Dragons" guruhi muallifligida  "Believer", "Radioactive" va "Thunder" kabi qo'shiqlar xit darajasiga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia