Madridda "Real"ning CHLdagi g'alabasidan so'ng Kurtuaning xotira lavhasi buzib tashlandi

Alisher
31 may 2022, 10:42
Noma'lum shaxslar "Real" darvozaboni Tibo Kurtuaning "Atletiko" uy stadioni tashqarisida joylashgan xotira lavhasini buzib tashlashdi.

Darvozabon Chempionlar Ligasi-2021/22 finalining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Kurtua 2011-2014 yillar davomida "Atletiko"da o'ynagan. "Atletiko" klubda 100dan ortiq o'yin o'tkazgan o'yinchilar sharafiga xotira lavhasini joylashtiradi.

U "matraschilar" safida Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi sohibi va Yevropa Ligasi g'olibiga aylangan.

Kurtua "Atletiko" bilan 2013/14 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finalida "Real"ga yutqazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca