Madrid merligiga nomzod ayol "Barselona" va "Atletik"ni Ispaniya chempionatini tark etishga chaqirdi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2015, 16:41
Madrid shahri merligi uchun o'z nomzodini qo'ygan Esperansa Agirre "Barselona" va "Atletik"ni Ispaniya chempionati ishtirokchilari safidan chiqishga chaqirdi.

"Yana shu klublar finalgacha yetib keldi va final uchrashuvini Ispaniya qiroli va gimnini xushtakbozlikka aylantirishga urinib ko'rishadi. Bu boshqa ispanlarga bildirilgan ochiqchasiga dushmanlik. Men bu jamoalar Ispaniya chempionatini tark etishi kerak deb hisoblayman" - deydi Esperansa Agirre.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru