Lyuka Ernandes muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2022
Futbolchi 6 oydan 9 oygacha maydonga tusha olmaydi.

Jahon chempionati 1-turi doirasidagi Avstraliyaga qarshi o'yinda (4:1) o'ng tizzasidan jarohat olgan "Bavariya" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Lyuka Ernandes muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

Bir necha kundan keyin futbolchi Myunxenda reabilitaciyani boshlaydi. 

Jarohatdan tiklanish uchun 6 oydan 9 oygacha vaqt ketadi. Ernandes katta ehtimol bilan ushbu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News