Lyuk Shou: Manchester Yunayted - faoliyatimni davom ettirish uchun ideal joy

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2014, 20:24
Manchester Yunaytedning himoyachisi Lyuk Shou yangi klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Men Manchester Yunaytedda o'ynayman, bu ajoyib. Sautgemptonda 8 yil faoliyat olib bordim, barcha muxlislar va futbolchilarga rahmat aytaman.

Faoliyatim yanada rivojlanishini istayman, Yunayted - buning uchun ideal joy. Yangi klubim safidagi o'yinlarni sabrsizlik bilan kutayapman, - deydi Shou.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi Manchester Yunayted bilan 4+1 ko'rinishida shartnoma tuzdi. Transfer 27 million funtga aylandi, bundan tashqari turli bonuslar ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru