Lyuk Shou jiddiy jarohat olgan ko'rinadi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2018, 02:30
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk Shou Ispaniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida (1:2) jarohat oldi.

Shou Karvaxal bilan to'qnashib ketdi va shikastlangan angliyalik futbolchiga shifokorlar maydonda bir necha daqiqa tibbiy yordam ko'rsatishdi. Himoyachi maydonni o'zi tark eta olmadi.

Shouni stadion xodimlari yordamida olib chiqib ketishdi. Uning o'rnini Denni Rouz egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia