Lyov: "Roys bilan uning kelajakdagi rejalari haqida gaplashib olmoqchiman"
Aslanov Jasurbek
10 noya 2014, 14:44
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tez orada "Borussiya" hujumchisi Marko Roys bilan uning kelajagi haqida gaplashib olmoqchi.
"Men Roys bilan uchrashib, u bilan suhbatlashmoqchiman. Uning rejalarini bilmoqchiman. Roys darajasidagi xar qanday futbolchining istaklari bo'lishi odatiy hol" - deydi Lyov.