Lyov: "Bundesliga Angliya va Ispaniya chempionatlaridan kuchsiz"

18 iyul 2013, 15:09
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyov, Bundesligani dunyoning eng kuchli chempionati deb hisoblamaydi.
"So'nggi uch-to'rt yil ichida Bundesliga o'z o'rnini mustahkamlab oldi, deb aytish mumkin. Shunday bo'lsada Germaniya chempionati APL va Ispaniya chempionatidan ortda qoladi. Bu - fakt".

"Yangi mavsum haqida gapiradigan bo'lsam, "Bavariya" albatta favorit. Biroq men "Borussiya"ga ishonaman. Bu jamoa "Bavariya"ga muammo tug'dirib bera oladi", - deydi Yoaxim Lyov.

Manba: football.ua