Lyakazett Fransiyaga qaytishi mumkin

27 fev 2021, 14:31
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatining keyingi qismini “Monako” tarkibida davom ettirishi mumkin.

“Mirror” nashrining xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchini xarid qilish monegasklarning yozgi transfer mavsumidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. O'z navbatida “Arsenal” rahbariyati ham yaxshi taklif bo'lsa, Aleksandrni qo'yib yuborishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Lyakazett “to'pchilar” safiga 2017 yilda Fransiyaning “Lion” jamoasidan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror