Lukas Silvaning otasi: "O'g'lim yozda "Real"ga o'tmoqchi"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2014, 13:47
"Kruzeyro" yarim himoyachisi Lukas Silva yozda "Real" safini to'ldirmoqchi.

Bu haqda uning otasi Migel Vieyra ma'lum qildi.

"O'g'lim iyunda "Kruzeyro"ni tark etmoqchi. U hozir "Real" bilan kelishib, iyunda "Qirollik klubi"ga o'tmoqchi. O'g'lim Silva uchun hozirda asosiysi, "Kruzeyro"da mavsumoldi mashg'ulotlarni o'tkazish va Libertadores Kubogida ishtirok etish" - deydi Vieyra.

Eslatib o'tamiz, "Kruzeyro" o'z futbolchisi uchun 15 mln evro talab qilmoqda, "Real" esa uni 12 mln evroga xarid qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com