Lukas Leyva: "Suares - APLning eng yaxshi futbolchisi"

Tolibjon Qosimov
23 dek 2013, 11:48
"Liverpul" yarim himoyachisi Lukas Leyva Luis Suares klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Luis bu mavsumdagi o'yinlari bilan bunga loyiq bo'ldi. Bizning klubimizda o'ynash unga yoqmoqda. Suaresning shartnoma uzaytirgani ajoyib xabar, klub rahbariyati yetakchi futbolchilarni saqlab qolmoqchi. Luis esa hozir nafaqat "Liverpul"da, balki APLdagi eng kuchli futbolchi. Suares mana shu formasini saqlab qolishiga va "Liverpul"da ko'p yillar davomida to'p tepishiga ishonaman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru