Lukaku: “Villash-Boashni hech qachon kechirmayman”

Eldor Akmurzayev
21 may 2020
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku “Chelsi”dagi davrini esga oldi.

2012 yil London klubi Roberto di Matteo boshqaruvida Chempionlar Ligasini yutdi, lekin Lukaku sobiq murabbiy Andre Villash-Boash tufayli musobaqa qaydnomasiga kiritilmagan edi.

“Di Matteo menga finalgacha jamoada qolishimni aytdi. U hal qiluvchi o'yinga barcha, shu jumladan diskvalificiya qilingan va qaydnomaga kiritilmagan futbolchilar borishi kerak deb hisobladi. Buning uchun undan minnatdorman.

Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishish – orzularimdan biri hisoblanardi. Buni jamoa bilan nishonlamoqchi edim va 19 yoshda bunga erishishim mumkin edi. Klub yutug'iga xursand bo'ldim, ammo bu uchun Villash-Boashni hech qachon kechirmayman.

Chempionlar Ligasi sovriniga barmog'im ham tegmadi. Chunki, men uni yuta olmadim. Biron narsaga hissa qo'shganingizda, biz sovrin haqida gapira olamiz”, deydi belgiyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: HLN