Lukaku “Sassuolo”ga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2020, 08:19
Buning sababi ham ma'lum.

“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku A Ceriya 9-turi doirasida “Sassuolo”ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. 27 yoshli forvardga YCHL 5-turiga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish maqsadida Antonio Konte tomonidan dam berilgan. Bugungi bahsda milanliklarning hujum chizig'ida Aleksis Sanches va Lautaro Martines tandemi o'ynashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Lukaku joriy mavsum “Inter” safida 10 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia