Lukaku Manchesterga qaytishga yaqin bo'lgan, biroq...

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 12:40
Belgiya termasi hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transferlar oynasi vaqtida "Manchester Siti" qiziqishlari doirasida bo'lgan.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "neradzurri" 27 yoshli futbolchi uchun 105 million evro so'ragani sababli transfer amalga oshmagan. "Shaharliklar" esa transfer uchun 78,5 mln evrodan ko'p bermasligini aytgan.

"Inter" Romeluni 2019 yilning yozida "Manchester Yunayted"dan 83 mln evroga sotib olgandi.

Ushbu mavsumda Romelu 7 o'yinda 7 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph