Lukaku "Inter"ga qaytmoqchi va maoshining tushishiga ham tayyor

Alisher
24 fev 2022
Romelu Lukaku "Inter"ga qaytishga va maoshining tushishiga ham tayyor.

Belgiyalik forvard Milan klubiga qaytishni istamoqda.

U bu uchun maoshining kamayishiga rozi. Hujumchi hozirda "Chelsi"da yiliga 12,5 million evro maosh oladi.

Qayd etish kerakki, 28 yoshli o'yinchining "Inter"ga qaytish uchun yagona varianti - ijara.

Shu bilan birga "neradzurri"ning Lukakuni qaytarishi so'roq ostida, klub "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkani nishonga olgan.

Lukaku "Chelsi"ga "Inter"dan 2021 yilning avgustidan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport