Lukaku "Inter"ga o'tganidan so'ng 3 kilogrammdan ortiq vazn tashladi

Alisher
30 avg 2019, 16:05
Hujumchi Romelu Lukaku "Manchester Yunayted"dan "Inter"ga o'tganidan so'ng 3 kilogrammdan ortiq vazn tashladi.

26 yoshli futbolchi Milanga kelganidan so'ng 104 kilogramm vaznga ega edi, ammo u tezda formaga qaytishga ulgurdi.

Romelu dietaga amal qilgan holda qovurilgan mahsulotlar, mocarella va alkogol ichimliklar o'rniga, sabzavotlar, kurka va tovuq go'shtlarini istemol qilishni boshlagan.

Forvard Italiya chempionati 1-tur doirasida "Lechche"ga qarshi uchrashuvda gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" 2-tur doirasidagi "Kalyari"ga qarshi o'yinni 1 sentyabr kuni o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail