

"Chelsi"ning ijara asosida "Inter"da o'ynayotgan futbolchisi Italiyada qolishni istaydi.
Biroq, milanliklar rahbariyati ijara muddatini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishga shoshilmayapti. Futbolchi jarohat sabab ko'p vaqtni o'tkazib yubordi va yaxshi formada emas.
Ushbu mavsumda Lukaku A Seriyada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.



