“Everton” hujumchisi Romelu Lukaku jamoasining “Bornmut”ga (6:3) qarshi kechgan bahsida to'rt marta raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Belgiyalik futbolchi faoliyati davomida ilk bor “poker”ga erishdi. Shu tariqa u APLda joriy mavsumda kiritgan gollarini 16 taga etkazib, to'purarlar poygasida yetakchilikni qo'lga oldi.