Lukaku chorshanba kuni Milanga uchib boradi va "Inter" bilan shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2022, 21:15
"Inter" kelasi hafta Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolashni yakunlamoqchi.

"Chelsi" hujumchisi Italiya klubiga ijara asosida qaytmoqda.

Chorshanba kuni u Milanga yetib borib, tibbiy ko'rikdan o'tadi va "neradzurri" bilan shartnoma tuzadi.

Xabarlarga qaraganda, Lukaku "Inter"ga qaytish uchun maoshini 30 foizga, soliqlar to'langanidan keyin yiliga 10 million funtdan 7 million funtgacha qisqartirgan.

Belgiyalik futbolchi 2019 yildan 2021 yilgacha “Inter” safida to'p tepgan. U o'tgan yozda "Chelsi"ga 115 million evroga sotilgan edi.

29 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Mediaset