Lukaku Aston Villaga o'tishi mumkin

Alisher
25 may 2023, 07:42
Inter hujumchisi Romelu Lukaku yangi mavsumda Angliyaga qaytishi kutilmoqda.

Goal xabariga ko'ra, mavsum oralig'ida Interdagi ijaradan yana Chelsi safiga qaytadigan belgiyalik forvardga Aston Villa klubi qiziqish bildirmoqda. Birminghem klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Lukakuni jamoasining asosiy forvardi sifatida ko'rmoqchi. 

Avvalroq, Lukaku Chelsining yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan mavsum oldidan gaplashib olgach, faoliyati borasida bir qarorga kelishi haqida xabar qilingandi. U huquqiy jihatdan Chelsi a'zosi sanaladi.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli hujumchi joriy mavsum 33 o'yinda 13ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com