

"Taktik va texnik tomondan A Seriya eng yaxshi chempionat hisoblanadi. Angliyada esa ijodkorlik yuqori darajada. Mana farq qayerda. Biroq men uchun bu yangilik emas. APLda 8 yil o'ynaganman va bu erdagi barcha qiyinchiliklarga duch kelganman. Yosh futbolchi emasmanki, nimalar meni kutayotganligini bilmasam. Ligani yaxshi bilaman, ko'plab gollar urganman. Ammo bularning barchasi ortda qolgan. Endi navbatdagi o'yinlar haqida o'ylash kerak", - dedi Lukaku.



