Luka Zidan: "Bernabeu"da o'ynaganimdan faxrlanaman. Bu orzuim edi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019
"Real" darvozaboni Luka Zidan "Ueska"ga qarshi LaLiganing 29-tur o'yinida (3:2) Madrid klubi safida debyut uchrashuvini o'tkazgani haqida fikr bildirdi.

"Santyago Bernabeu"da o'ynaganimdan faxrlanaman. Bu orzuim edi. Klubning yoshlar jamoasidan shu ergacha keldim. Tinimsiz mehnatdan so'ng uy stadionimizda debyut qilganimdan mamnunman.

G'alaba qozonib, 3 ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Benzema? U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Karim bilan bir jamoada o'ynash men uchun sharaf" - deydi Zidan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com