Luka Yovichning otasi: "O'g'limga "Barselona"dan taklif tushgan"

Aslanov Jasurbek
12 apr 2019, 13:02
"Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovichning otasi Milan Yovich o'g'liga "Barselona" qiziqayotganini tasdiqladi.

"Takliflar bor. Ularning bittasi "Barselona"dan. Ammo o'g'lim bunga qiziqayotgani yo'q. U Kataloniya klubi o'yiniga mos tushish yoki tushmasligidan havotirda. Luka "Ayntraxt" bilan Chempionlar ligasiga chiqib, Frankfurtda qolmoqchi" - deydi Milan Yovich.

Luka Yovich joriy mavsum Bundesliganing 26ta uchrashuvida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net