Luka Modrich "Real Madrid" rekordini yangiladi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 noya 2023, 08:43
Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich +35 yoshdan so'ng o'ynagan o'yinlar soni bo'yicha "Real Madrid" rekordini o'rnatdi, deb xabar beradi Marca.

Xorvatiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Kadis" bilan o'yinda (3:0) maydonga tushdi va u +35 dan so'ng "Real" safidagi 161-uchrashuvini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com