Luka Modrich: “O'ylashimcha, Argentinadan ochko olishga qodirmiz”

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 07:59
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Nigeriya ustidan qozonilgan (2:0) g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

“Bugun guruhdagi eng muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Mundialni g'alaba bilan boshlash muhim ekanligini juda yaxshi bilardik. Oson o'yin va g'alaba bo'ldi, degan fikrdan yiroqman. 

Oldinda bizni Argentina bilan o'ta qiyin o'yin kutib turibdi. Messi jamoadoshlarining birinchi turda ochko yo'qotgani bu o'yinni yanada murakkablashtiradi. Lekin Argentinadan ochko olishimizga ishonaman”, - dedi Modrich.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif