Luka Din AQSHdagi yig'inni "Barselona" bilan yakunlamaydi

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2018, 11:47
"Barselona"ning fransiyalik himoyachisi Luka Din faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin turibdi.

Ayni damda Kataloniya klubi bilan AQSHda mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Din tez orada "Everton"ga o'tishi mumkin. "Irislar" himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar transfer amalga oshsa, fransiyalik futbolchi AQSHdagi yig'inni "Barselona" bilan yakunlashga ulgurmaydi.

Oldinroq, "Everton" Yerri Mina va Luka Din uchun 55 mln. evro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo