Luisma Ernandes: "So'g'diyona" shundoq ham kuchli jamoa, ularga hakamlar yordami shart emas"

Sherzod Nurmatov
1 may 2022, 21:11
Superliganing 6-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Yaxshi uchrashuv, teng kurashlar ostida kechgan o'yin guvohiga aylandik. Mezbonlar o'z vaziyatlaridan unumli foydalanishdi va g'alabaga erishishdi.

- Raqib "So'g'diyona" uchun alohida taktik uslub tayyorlaganmidingiz?

- Ha, biz raqibni alohida o'rganib chiqqandik. Birinchi bo'limda ularda bitta vaziyat bo'lgandi, unumli foydalanib ketishdi. Ikkinchi bo'limda o'z uslubimizni o'zgartirgan xolda hujumkorlikka e'tibor qaratgandik, qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik.

- Qo'l ostingizdagi tarkibni mavsum davomida saqlab qolasizmi yoki davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'lishi mumkinmi?

- Hozircha bu haqda gapirishning mavridi emas. So'zim oxirida shuni qo'shimcha qilmoqchi edim, "So'g'diyona" shundoq ham kuchli jamoa, ularga hakamlar yordami shart emas.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia