Luisma Ernandes: "O'yin taqdirini o'zgartirish uchun maksimal darajada harakat qildik"

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022
Coca-Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Juda qiziqarli va tomoshabop o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda asosan himoyaga e'tibor qaratgan xolda harakat qildik. Raqib vaziyatdan foydalangan xolda gol urib ketdi. O'yin taqdirini o'zgartirish uchun maksimal darajada harakat qildik. Omad kuchlilarga kulib boqadi.

- Nega vaziyatdan kelib chiqib hujumchilar Zohid Abdullaev va Jasur Xolto'raevni maydonga tushirmadingiz?

- Mashg'ulotlar jarayonidan xulosa qildik, ayrim futbolchilar bugungi o'yinga tayyor emasdi. Bazi futbolchilarda jarohat bor edi. Yosh hujumchi Shahzodjon Nematjonovni maydonga tashladik, u o'zini har tomonlama ko'rsata olyapti. Kelasi o'yinlarda bugungi o'yinda qatnasha olmagan futbolchilarga imkoniyat yaratamiz. Ixtiyor Toshpo'latov qo'pol o'ynadi? Unda tajovvuzkorlik yo'q, u vaziyatdan kelib chiqib shunday o'ynadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia