Luis Suaresning Ispaniya Kubogi final uchrashuvidagi ishtiroki so'roq ostida

Aslanov Jasurbek
27 may 2015, 10:19
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletik"ka qarshi Ispaniya Kubogi final uchrashuvida hujumchi Luis Suaresni maydonga tushira olmasligi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, urugvaylik futbolchi jarohatidan qutila olmadi. Suares individual programma bo'yicha ishlashda davom etyapti va uning maydonga tushishi borasidagi so'nggi qaror 28 may kuni qabul qilinadi.

"Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi o'yin 30 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com