Luis Suares Urugvay terma jamoasi o'yinlarida ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2018, 12:23
"Barselona" hujumchisi Luis Suares Urugvay terma jamoasining Janubiy Koreya (12 oktyabr) va Yaponiyaga (16 oktyabr) qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.

Futbolchning xotini tez orada uchinchi farzandini dunyoga keltirishi sababli Suares terma jamoa safiga qo'shilmadi. Agar uchinchi farzand belgilangan muddatdan oldin tug'ilsa, forvard Urugvay terma jamoasiga yordam berishi mumkin.

Luis Suares "Tottenxem" bilan o'yinda jarohat olgani tufayli "Valensiya"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com