Luis Suares: “Oyog'im yaxshi va o'zimni ajoyib his qilyapman”

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2014, 10:59
Luis Suarez chap oyog'ining tizzasi boshqa bezovta qilmayotgani va o'zi yaxshi holatda ekanini bildirdi.
Oskar Tabares ham oldinroq aynan Suares holati haqida intervyu bergan edi.
 
“Oyog'im yaxshi va o'zimni ajoyib his qilyapman. Men har kungi mashg'ulotlarga tayyorman”, - deydi Suares “Marca”ga.

“Liverpul” futbolchisi chap oyog'i bilan zarbalar bermoqda, ammo umumiy guruhda shug'ullangani yo'q.

Tabares shogirdlari o'z guruhida Kosta Rika, Angliya va Italiya terma jamolari bilan bahs yuritishadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com