Luis Suares: "Neymar "Barselona"ga qaytish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi"

Alisher
4 sen 2019, 11:39
"Barselona" hujumchisi Luis Suares PSJ forvardi Neymar qo'lidan kelgan barcha narsani qildi deb hisoblaydi.

- Biz Neymar "Barselona"dan ketishni xohlab qolganida u bilan gaplashgandik. Unga boshqa joyda "Barselona"dagidek bo'lmasligini ham aytdik. Ammo, u ketishga qaror qildi.

Hozir u qaytish uchun bor narsani qildi. Uning biz bilan bo'ladigan aloqalari unga juda ham yaxshi ta’sir qilardi. Biz u bilan har hil narsalar haqida tez-tez gaplashib turardik va o'sha paytda unga juda qiyin bo'layotganini sezardik, - deydi Suares.

Bartomeu nega "Barselona" Neymarni ortga qaytarmaganligini aytdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS