Luis Suares: "Messi menga faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi ekanligini aytgandi"

Alisher
1 okt 2021, 14:30
Hozirda "Atletiko" sharafini himoya qilayotgan "Barselona" sobiq forvardi Luis Suares Lionel Messining Kataloniya klubidan ketishi haqida gapirdi.

"Men hayron qoldim, sababi barchasi uning qolishiga moslangandi. U menga aytdi: "Faoliyatimni doim orzu qilgan va baxtli bo'lgan jamoam "Barselona"da yakunlayman". Keyinchalik barchasi o'zgarib ketdi.

U nimanidir kelishmay ketdimi? To'g'risini aytganda, men bilmayman, bilsam ham, aytmasdim", - deydi Suares.

Eslatib o'tamiz, Messi kataloniyaliklar tarkibini erkin agent maqomida tark etdi va PSJga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport